Veb-brauzer-dan foydalanish
Siz URL paneliga veb-sayt manzilini kiritganingizda veb-saytga kirishingiz mumkin.
Agar siz qidirish so’zini kiritsangiz, qidirish tizimiga asoslangan holda u qidirish so’zi to’g’risidagi ma’lumotlarni topadi.
  1. Masofadan boshqarish pultidagi BOSH SAHIFABOSH SAHIFA tugmasini bosing.
  2. Veb-brauzer ilovasini ishga tushiring.

Internet brauzeriInternet brauzeri

  1. Tomosha qilayotgan veb-sahifangizni yangilashingiz mumkin.
  2. Muayyan veb-saytni ochish uchun uning veb manzilini kiritishingiz yoki qidiruv jumlasini bevosita kiritishingiz mumkin.
  3. Hozir ochiq turgan varaqlarni koʻrishingiz mumkin.
  4. Veb-saytni koʻrish mobaynida masshtabni kattalashtirish yoki kichraytirishingiz mumkin.
    Reklamalarni bloklash : Tashrif buyurgan saytingizdagi reklamalarni bloklashingiz mumkin.
    Lekin, bu tugma faqat Menyu belgisiMenyu belgisi Sozlamalar Reklamalarni bloklashdan foydalanish parametri Yoq qilib belgilanganida chiqadi.
    TV View : Televizor ekranini koʻrsatish uchun ekranni ajratish. Televizor tomosha qilayotganingizda veb-sahifalarni ochishingiz mumkin.
    Tarix : Veb-saytlarga tashriflar tarixini tekshirish va oʻchirib tashlashingiz mumkin.
    Xatcho‘p qo‘shish : Tashrif buyurgan veb-saytingizni Saralanganlarga kiritishingiz mumkin.
    Xatcho‘p : Saralanganlarga kiritgan veb-saytlaringiz roʻyxatini koʻrish va oʻchirib tashlashingiz mumkin.
    Sozlamalar : Veb-brauzer sozlamalarini oʻzgartirishingiz mumkin.
    Foydalanuvchi qo‘llanmasi : Foydalanuvchi qo‘llanmasi-ni ishga tushiring.
    Ilovadan chiqish : Ilovaning orqa fonda ishlashini oʻchiradi.
  5. Ilovani yopadi.
  6. Yangi varaq sahifasi Tavsiya etilgan saytlar va Eng Ko‘P Kirilgan Sayt roʻyxatini taqdim etadi.
    Agar Tavsiya etilgan saytlar koʻrsatilishini xohlamasangiz, Menyu belgisiMenyu belgisi Sozlamalar Tavsiya etilgan saytlarni ko‘rsatish parametrini O‘ch qilib belgilang.
    Tavsiya etilgan saytlar mamlakatga qarab farq qilishi hamda faqat ayrim mamlakatlarda mavjud boʻlishi mumkin.
Televizoringizdagi Veb-brauzer ilovasi televizor brauzeridir, u kompyuteringizdagi brauzerdan boshqacha ishlashi mumkin.
Televizorning Veb-brauzer ilovasi orqali veb-saytlarga kirish mumkin, shuning uchun bolalarning zararli onlayn kontentni ochishiga ehtiyot boʻlish zarur.
Zararli onlayn kontentga kirishning oldini olish uchun Veb-brauzer ilovasini qulflash mumkin.
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Umumiy Tizim Xavfsizlik Ilova qulflari-da parametrlarni sozlang.
Agar Veb-brauzer ilovasidan foydalanishda muammoga duch kelsangiz, Foydalanuvchi qo‘llanmasi maʼlumotlarining Nosozliklarni bartaraf qilish qismi bilan tanishing.
Veb-brauzer sozlamalarini oʻzgartirish
Veb-brauzer ilovasining tepasidagi Menyu belgisiMenyu belgisi Sozlamalar bandini tanlang.
Ishga Tushirishda
Veb-brauzer ilovasini ishga tushirganingizda paydo boʻladigan sahifani tanlashingiz mumkin.
Qidirish Mexanizmlari
Manzil qatorida kalit jumlalarni kiritishda qaysi qidiruv tizimidan foydalanishni tanlashingiz mumkin.
Ta’minotchining vaziyatiga binoan, qidiruv vositasi sozlamalari bildirishsiz o’zgartirilishi mumkin.
Tavsiya etilgan saytlarni ko‘rsatish
Yangi varaq sahifasida Tavsiya etilgan saytlar roʻyxatini chiqarish yoki chiqarmaslikni sozlashingiz mumkin.
Manzil satri doim koʻrsatilsin
Yoq qilib belgilansa, manzil qatori va ekran tepasidagi menyu paneli sohasi har doim koʻrinadi.
Veb-brauzer muammolari hisobotini avtomatik yaratish
U Yoq qilib sozlanganida, agar veb-brauzerdan foydalanish paytida biror xatolik (xato ishlash, multimedia ijrosidagi xatolik, sahifani yuklashdagi xatolik, noodatiy oʻchish, xotira yetishmasligi tufayli javobning kechikishi va boshqalar) yuz bersa, tegishli axborot avtomatik ravishda LG Electronics shtab-kvartirasidagi (Koreya) veb-brauzer dasturchilari jamoasiga yuboriladi. Yuborilgan axborotdan faqat veb-brauzerning ishlash unumdorligini oshirish uchun foydalaniladi.
Reklamalarni bloklashdan foydalanish
U Yoq qilib sozlanganida, agar Veb-brauzer oynasining yuqori oʻng burchagidagi Menyu belgisiMenyu belgisi tugmasini bossangiz, ekranda Reklamalarni bloklashdan foydalanish funksiyasini yoqish yoki faolsizlantirish tugmasi paydo boʻladi. Reklamalarni bloklashdan foydalanish funksiyasi yoqilsa, u veb-saytdagi reklamalarni bloklash orqali sahifalarning yuklanishini tezlashtiradi.
Saytni filtrlash
Veb-saytlarni bloklash yoki ruxsat berishni sozlashingiz mumkin.
Tasdiqlangan Saytlrar : Siz parametrlarni faqat avvaldan ro’yxatga olingan veb-sahifalarni ochadigan tarzda sozlashingiz mumkin.
Bloklangan Saytlar : Siz parametrlarni maxsus veb-saytlarni blokirovka qiladigan tarzda sozlashingiz mumkin.
Saytni filtrlash funktsiyasidan foydalanish uchun TV parolini kiritishingiz kerak.
Qalqib chiquvchi bloklovchi
U veb-sahifalar tomonidan avtomatik koʻrsatiladigan qalqib chiquvchi oynalarni bloklaydi.
Maxfiy Qidirish
Agar Yoq qilib belgilansa, u tashrif buyurilgan veb-saytlar tarixini qoldirmaydi.
Kuzatilmasin
Siz veb-saytga tashriflaringiz tarixini saqlamaslik soʻrovini yuborishingiz mumkin. Bu amal veb-sayt siyosatiga qarab farq qilishi mumkin.
JavaScript yordamida Moslashuvchan efirga uzatish
JavaScript yordamida multimedia strimingi texnologiyasi videoni optimal aniqlik darajasida tomosha qilish imkonini beradi.
Agar O‘ch qilib qo’yilsa, Veb-brauzer ijro etadigan videolar 720p sig’imga cheklanadi.
Cookie-fayllar sozlamalari
U veb-saytga cookie maʼlumotlarini saqlash va foydalanish imkonini beradi.
Tashrif haqidagi maʼlumotlarni tozalab tashlash
Cookie-fayllarni tozalab tashlash : Cookie maʼlumotlarini oʻchirish. Oʻchirib tashlansa, aksar saytlarda hisobingizdan chiqarilasiz.
Tashrif haqidagi barcha maʼlumotlarni tozalab tashlash : Barcha brauzer tarixi, jumladan, cookie maʼlumotlarini oʻchirib tashlaydi.