Ovoz nosozliklarini bartaraf qilish
Agar siz mahsulotdan foydalanish vaqtida ushbu muammolardan birortasiga duch kelsangiz, quyidagilarni tekshiring: Mahsulot bilan bog’liq muammo bo’lmasigi mumkin.
Agar televizion pristavkadan foydalanayotgan bo’lsangiz, uni o’chiring va keyin qaytadan yoqing.
Televizion pristavkaning televizorga to’g’ri ulanganligiga ishonch hosil qiling.
Ekran yaxshi, biroq hech qanday ovoz chiqmayapti.
Boshqa dasturni sinab ko’ring.
Agar televizion pristavkadan foydalanayotgan bo’lsangiz, televizion pristavka yoki televizor ovoz balandligini 0 ga o’rnatganingizda yoki Ovozsiz rejimni yoqqaningizda, hech qanday ovoz chiqmaydi. Ovoz balandligini tegishli darajaga o’rnating.
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tovush Tovush chiqishi
Tovush chiqishini Optik chiqish qurilmasi + TV karnayi yoki TV karnayidan foydalanish qiymatiga qo‘ying va undan so‘ng qayta tekshiring. Agar tovushni muammosiz eshita olsangiz, saundbar kabi tashqi karnaylar bilan ulanishni hamda tashqi karnaylar sozlamalarini tekshiring.
Dinamiklardan biridan ovoz chiqmayapti.
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tovush Kengaytirilgan sozlamalar Balans
Balans-da Yo’naltiruvchi tugma bilan balansni kerakli darajaga sozlang.
AV INga ulanayotganda, chap/o'ng (oq/qizil) audio kabellar to'g'ri ulanganini tekshiring. (AV IN porti faqatgina ayrim modellardagina mavjud.)
Televizor ovozi rasm bilan sinxronlashmagan yoki ba’zi vaqtlarda ovoz uzilib qolayapti.
Agar bu faqat ayrim dasturlar uchun sodir bo’lsa, bu efirga uzatuvchi kompaniyaning signallarni uzatishi tufayli yuz berayotgan bo’lishi mumkin. Efirga uzatish xizmatlari ta’minotchingiz (simli/kabelli) tomonidan muammoni tekshirtiring.
Agar barcha kanallar sinxronlashtirishdan tashqarida bo’lsa, ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tovush Kengaytirilgan sozlamalar Ekran va tovushni moslashga o’ting va sinxronizatsiyani sozlang.
Telepristavka ishlatayotgan bo’lsangiz, uning ta’minotchisiga murojaat qiling.
Dasturni o’zgartirganimda ovoz balandligi o’zgarayapti.
Turli efirga uzatish stantsiyalarining uzatilayotgan signallari uchun ovoz balandliklari turlicha bo’lishi mumkin.
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tovush Kengaytirilgan sozlamalar Tovushni avtomatik sozlash
Tovushni avtomatik sozlash-ni Yoq-ga o’rnating.
Telepristavka ishlatayotgan bo’lsangiz, uning ta’minotchisiga murojaat qiling.
Tovush balandligi o‘zgaraveradi.
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tovush Kengaytirilgan sozlamalar Tovushni avtomatik sozlash
Tovushni avtomatik sozlash-ni Yoq-ga o’rnating.
Ayrim dasturlarda ovoz ishlamayapti yoki faqat fon musiqasi o’ynatilayapti.
(Efirga uzatish kompaniyalar tomonidan eksport uchun yaratilgan dasturlar)
Qo‘shimcha amallarQo‘shimcha amallar Audio tili-da o’zingizning til afzalliklaringizni o’rnating.