Tarmoq aloqasi nosozliklarini bartaraf qilish
Agar siz mahsulotdan foydalanish vaqtida ushbu muammolardan birortasiga duch kelsangiz, quyidagilarni tekshiring: Mahsulot bilan bog’liq muammo bo’lmasigi mumkin.
Simsiz tarmoqqa ulanishdan oldin ulaniladigan Wi-Fi qurilma nomi va parolini tekshiring.
Simsiz tarmoqqa ulanishdan oldin ulaniladigan Wi-Fi qurilma nomi va parolini tekshiring.
Siz quyida ko’rsatilgani kabi tarmoq ulanishi holatini tekshirishingiz mumkin.
-
Umumiy
Tarmoq
Simli (Ethernet)
-
Umumiy
Tarmoq
Wi-Fi
Boshqa tarmoq sozlamalari
Qo‘shimcha Wi-Fi parametrlar
-
TV yonida X paydo bo’lganda -
Televizor yoki KN (Router)ni tekshiring.
- Televizor, KN (Router) va kabelli modemlarning ulanish holatini tekshiring.
- Quyidagi tartibda quvvatdan o’chiring va yoqing;
1. Kabel modemingizni oʻchirib yoqing va qurilma sozlamalarining asliga qaytishini kuting.
2. Simli/simsiz routerni oʻchirib yoqing va qurilma sozlamalarining asliga qaytishini kuting.
3. Televizorni oʻchirib yoqing.- Simli LAN tarmoq aloqasini oʻrnatishni xohlasangiz, IP manzilni routeringizdan olish mumkinligini tekshiring. Tarmoqni oddiy usulda sozlayotgan boʻlsangiz, barcha sozlamalarning xatosiz ekanini tekshiring.
- Simsiz aloqa oʻrnatishni xohlasangiz, quyidagilarni ham tekshiring.
① Router SSID (tarmoq nomi) nomini yoki simsiz aloqa kanalini sozlang.
② Router himoya kalitini sozlang.
Agar ushbu sozlamani bajara olmasangiz, routerning foydalanuvchi qoʻllanmasi va Internet provayderingiz tomonidan taqdim etilgan koʻrsatmalar bilan tanishing. Shunda ham sozlay olmasangiz, router ishlab chiqaruvchisi yoki Internet xizmatlari provayderiga murojaat qiling.- Agar siz statik IP-dan foydalansangiz, to’g’ridan-to’g’ri IP-ni kiriting.
-
Shlyuz yonida X paydo bo’lganda - KN (Router)ni tekshiring yoki Internet provayderingiz bilan maslahatlashing.
- Router/modemni rozetkadan uzing, 10 soniya kuting va uni qayta ulang.
- KN (Router) yoki kabelli modemni ishga tushiring (o’chirib yoqing).
- Routeringizda mikrodasturning so’nggi versiyasi o’rnatilganligiga ishonch hosil qilish uchun KN (Router) ishlab chiqaruvchisi veb-saytidan tekshiring.
- Agar ushbu sozlamani bajara olmasangiz, routerning foydalanuvchi qoʻllanmasi va Internet provayderingiz tomonidan taqdim etilgan koʻrsatmalar bilan tanishing. Shunda ham sozlay olmasangiz, router ishlab chiqaruvchisi yoki Internet xizmatlari provayderiga murojaat qiling.
-
DNS yonida X paydo bo’lganda - KN (Router)ni tekshiring yoki Internet provayderingiz bilan maslahatlashing.
- Router/modemni rozetkadan uzing, 10 soniya kuting va uni qayta ulang.
- KN (Router) yoki kabelli modemni ishga tushiring (o’chirib yoqing).
- TV/KN (Router)ning MAC manzili Internet provayderingizda ro’yxatga olinganligini tekshiring. (Tarmoq holati oynasida namoyish qilingan MAC manzili Internet provayderingizda ro’yxatga olingan bo’lishi kerak.)