LG hisobi nosozliklarini bartaraf qilish
- Men televizorda obuna qildim. Veb-saytda (www.lgappstv.com) ham registratsiya qilishim kerakmi?
- Televizorda registratsiya qilishda foydalangan obuna maʼlumotlaringizdan veb-saytda ham foydalanishingiz mumkin.
- Parolimni unutdim. Nima qilishim kerak?
- Parolni tiklash sahifasiga kirish uchun televizorning foydalanuvchi hisobiga kirish ekranida Parolni unutdingizmi? tugmasini bosing. Parolni tiklash sahifasida email manzilingizni kiriting va sizga parolingizni tiklash uchun havola yuboramiz.
- Parolingizni veb-saytda (www.lgappstv.com) LG Hisobi Parolni tiklash rukni orqali tiklashingiz ham mumkin.
- Televizorda saqlangan hisobni oʻchirishni istayman.
-
Televizorda LG hisobingizga kirsangiz, hisob televizorda saqlanib qoladi.
Televizordagi hisoblarni istalgan vaqtda quyidagicha oʻchirishingiz mumkin.-
Umumiy Tizim LG hisob qaydnomasi-ni tanlang.
-
Ekranning yuqori qismidagi
Hisob roʻyxatini tahrirlash bandini tanlang.
-
Oʻchirib tashlash tugmasini bossangiz, hisob oʻchiriladi.
Bu kirish tarixini oʻchirmaydi yoki hisobni yopmaydi.
-
- Men televizordagi foydalanish tarixini oʻchirishni istayman.
-
LG hisobingizga kirganingizdan keyin televizordan foydalansangiz, foydalanish tarixi saqlanadi va uni istalgan vaqtda oʻchirishingiz mumkin.
-
Umumiy Tizim LG hisob qaydnomasi-ni tanlang.
- Oʻzingiz istagan hisob uchun Hisob qaydnoma boshqaruvi bandini tanlang.
- Foydalanish ma’lumotlarini boshqarish-ni tanlang.
- Oʻchirib tashlash tugmasini bossangiz, foydalanish tarixi oʻchiriladi.
-
- Men televizordagi hisobimni yopishni istayman.
-
Televizordagi LG hisobingizni quyidagicha yopishingiz mumkin.
-
Umumiy Tizim LG hisob qaydnomasi-ni tanlang.
- Oʻzingiz istagan hisob uchun Hisob qaydnoma boshqaruvi bandini tanlang.
- Hisobimni tugatish-ni tanlang.
- Parolni kiriting va hisobingizni yopish uchun OK tugmasini bosing.
-
Ayrim mamlakatlarda veb-saytga kirish cheklangan bo’lishi mumkin.