Tasvir yorqinligini sozlash
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Tasvir Kengaytirilgan sozlamalar Ravshanlik
Siz butun ekran yorqinligini sozlashingiz mumkin.
Panel yorqinligi
For chirog’ini sozlash orqali ekranning ravshanlik darajasini boshqaradi. 100 ga qanchalik yaqin bo’lsa, ekran shunchalik ravshan bo’ladi.
Quvvat ist’emolini kamaytirish uchun Panel yorqinligi’ni pasaytiring.
Quvvat tejash (Avtomatik/Maksimum) rejimlariga qarab, Panel yorqinligi sozlamasini rostlay olmasligingiz mumkin.
Bu holda ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Umumiy Quvvat tejash Quvvat tejash bosqichi bo’limiga o’tib, O‘ch yoki Minimum qilib belgilang.
Televizoringiz modeliga qarab unda Panel yorqinligi sozlamasi boʻlmasligi mumkin.
OLED piksel yorqinligi
OLED panel yorqinligini o’zgartirish orqali displey yorqinligini sozlaydi.
Quvvat tejash (Avtomatik/Maksimum) rejimlariga qarab, OLED piksel yorqinligi sozlamasini rostlay olmasligingiz mumkin.
Bu holda ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Umumiy OLED Care (parvarish) Qurilmaning o'zini o'zi parvarish qilish Quvvat tejash Quvvat tejash bosqichi bo’limiga o’tib, O‘ch yoki Minimum qilib belgilang.
Televizoringiz modeliga qarab unda OLED piksel yorqinligi sozlamasi boʻlmasligi mumkin.
Kontrastni sozlash
Ekrandagi yorqin va qora sohalar kontrastini sozlaydi. 100 ga qanchalik yaqin bo’lsa, kontrast shunchalik baland bo’ladi.
Qora darajasi
Ekranning toʻq sohalarida yorqinlikni sozlaydi. 100 qiymatga qanchalik yaqin boʻlsa, ekran shunchalik yorqin boʻladi.
Avtomatik dinamik kontrast
Tasvir ravshanligiga bog’liq ravishda optimal natijalar olish uchun ravshan va qora tomonlar o’rtasidagi farqni to’g’rilaydi.
Gamma (yorqinlikni sozlash)
Tasvirning o’rtacha ravshanligini sozlaydi.
BT.1886 xalqaro standart hisoblanadigan ITU-R BT.1886 gradatsiyasini ifodalaydi.
Video diapazoni
Mukammal qora rangni aks ettirish uchun ekran qorongʻiligini oʻzgartirishingiz mumkin. Tashqi kirish qurilmasining rang diapazonini moslash uchun Video diapazoni bandini tanlang.
Bu funksiyadan tashqi kirish orqali kontent tomosha qilayotganda foydalanish mumkin.
Kirish signali yoki tanlangan tasvir rejimiga bog’liq ravishda mavjud optsiyalar farq qilishi mumkin.
Modelga bog’liq ravishda sozlanadigan elementlar farq qiladi.