Kanallarni tahrirlash
Barcha saqlangan kanallar ichidan tanlab olingan kanallarni tahrirlash yoki ularni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish/o’chirish mumkin.
Barcha kanallar ro’yxatini tahrirlash
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Umumiy Kanallar Kanal menejeri Barcha kanallarga tahrirlash
Barcha saqlangan kanallar ichidan tanlab olingan kanallarni qulflash, qulfdan chiqarish yoki bir kanaldan ikkinchisiga o’tishda biror kanalni o’tkazib yuboriladigan qilib sozlash mumkin.

Barcha kanallarni tahrirlashBarcha kanallarni tahrirlash

  1. Saralash tartibini ko’rsatish.
  2. Qulflash/Ochish : Tanlangan kanallarni qulflash yoki qulflangan kanallarni qulfdan chiqarish.
    Tashlab ketish/Tiklash : Bir kanaldan ikkinchisiga o’tishda oldindan tanlab olingan kanallarni o’tkazib yuboriladigan qilib sozlash yoki bu parametrni bekor qilish.
    Ko‘chirish : Tanlangan kanallarni ko’chirish.
    Kanal raqamlarini tahrirlash : Tanlangan kanallar raqamini o’zgartirish.
    Oʻchirib tashlash : Tanlangan kanallarni o’chirib tashlash.
Efir signaliga bog’liq ravishda mavjud xususiyatlar farq qilishi mumkin.
Sun’iy yo’ldosh dasturlarini qo’llab-quvvatlaydigan modellar uchun sun’iy yo’ldosh kanallarini Sun’iy yo‘ldosh kanallarini tahrirlash (Qo‘shimcha) orqali boshqarishingiz mumkin.
Sevimli kanallar ro’yxatini tahrirlash
ParametrlarParametrlar Barcha parametrlar ikonkasiBarcha parametrlar ikonkasi Umumiy Kanallar Kanal menejeri Tanlanganlarga tahrirlash
O’zingiz xohlagan kanallarni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish yoki ro’yxatdan o’chirish, ularning tartibini o’zgartirish va boshqa amallarni bajarishingiz mumkin.

Sevimlilarni tahrirlashSevimlilarni tahrirlash

  1. Kanallarni sevimli kanallar ro’yxatiga qo’shish uchun barcha kanallar ro’yxatidan o’zingiz xohlagan kanallarni tanlang va mos tugmani bosing.
  2. Tanlab olingan kanallarni sevimli kanallar ro’yxatidan o’chirish.
  3. Ko‘chirish : Afzal ko‘rilgan kanallar ro‘yxatida bir yoki bir nechta kanalni tanlang, Ko‘chirish tugmasini bosing va undan so‘ng u ko‘chiriladigan joyni tanlang. Tanlangan kanal siz tanlagan joyga ko‘chiriladi.
    Sevimli guruh nomini oʻzgartirish : Sevimli kanallar ro’yxati nomini o’zgartirish.
    Kanallar asosida tartiblash : Saralangan kanallar roʻyxatini kanal boʻyicha tartiblang.