USB simli/simsiz sichqonchadan foydalanish
Sichqonchangizni USB portiga ulang. Sichqonchadan televizor ekranida ko’rsatkichni harakatlantirish va o’zingiz xohlagan menyuni tanlash uchun foydalaning.
Sichqonchadagi o’ng tugma va maxsus tugmalar ishlamaydi.
Simsiz USB sichqonchadan foydalanganda, TV hamda sichqoncha va simsiz muhit orasidagi masofaga qarab aloqa uzilishi yoki sekinlashishi mumkin.
USB simli/simsiz klaviaturadan foydalanish
Klaviaturangizni USB portiga ulang. Ulangan klaviatura bilan matn kiritishingiz mumkin.
Ayrim ekranlarda matn kiritib bo’lmasligi mumkin.
Televizorlarga mosligi sinovdan o'tkazilgan mahsulotdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Logitech K360, Logitech K400, Logitech K750
Logitech K360, Logitech K400, Logitech K750
Tilni o’tkazish tugmasi yoki o’ng Alt tugmasini bosish orqali kiritish tilini o’zgartirishingiz mumkin, va yana Ctrl tugmasi va Bo’sh joy tugmasini bir vaqtda bosish orqali ham o’zgartirishingiz mumkin.
Simsiz USB klaviaturadan foydalanganda, TV hamda sichqoncha va simsiz muhit orasidagi masofaga qarab aloqa uzilishi yoki sekinlashishi mumkin.
Matn maydoniga matn kiritish uchun televizor ekranidagi ekran klaviaturasi yoki USB klaviaturasidan foydalaning.
O’yin boshqaruv pultidan foydalanish
Agar o’yin boshqaruv pultidan foydalanishni o’yin talab qilsa, o’yin boshqaruv pultini televizorning USB portiga ulang.
Televizorlarga mosligi sinovdan o'tkazilgan mahsulotdan foydalanish tavsiya qilinadi.
Sony DualShock 4, Sony DualShock 3, Microsoft Xbox 360 kontrolleri , NVIDIA SHIELD kontrolleri, Logitech F310, Logitech F710
Sony DualShock 4, Sony DualShock 3, Microsoft Xbox 360 kontrolleri , NVIDIA SHIELD kontrolleri, Logitech F310, Logitech F710
Bluetooth kiritish qurilmalarini ulash
Siz Bluetooth klaviatura, sichqoncha yoki joystik kabi qurilmalarni televizoringizga ulash va foydalanishingiz mumkin.
Tafsilotlarni ko’rish uchun Parametrlar Qurilmalar Tashqi qurilmalar Bluetooth nazoratchisini ulash-ni Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da ko’ring.
Tafsilotlarni ko’rish uchun Parametrlar Qurilmalar Tashqi qurilmalar Bluetooth nazoratchisini ulash-ni Foydalanuvchi qo‘llanmasi-da ko’ring.